24 Sentyabr 2024 yil 447

Hurmatli fuqarolar!

2024 yil 27 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasining “Qurol to‘g‘risida"gi qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 220 prim 1-moddasiga qo‘shimcha kiritish haqida”gi hamda 28 avgustda “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish haqida” qonunlari qabul qilindi. Ushbu qonunlarda shaxs egaligida bo‘lgan pnevmatik qurolni ixtiyoriy ravishda topshirsa ma’muriy javobgarlikdan ozod etilishi belgilandi.

Hurmatli yurtdoshlar! Sizda IIO ro‘yxatida bo‘lmagan pnevmatik qurol bo‘lsa uni Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi yoki hududiy ichki ishlar organlariga topshirishingizni so‘raymiz. Qonun talablariga rioya qilmaslik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘lishidan ogohlantiramiz!

Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi.

Text to speech