21 Aprel 2022 yil 503

Universitetda talaba yoshlar bilan “Yo‘llarda harakatlanish xavfsizligi qoidalari” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Joriy yilning 21 aprel kuni Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti talabalari bilan Surxondaryo viloyati Ichki Ishlar Boshqarmasi va viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l Harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Yo‘llarda harakatlanish xavfsizligi qoidalari” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Fakultet talabalari ishtirokida tashkil etilgan tadbirda, Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari B.N.Shoymardonov, Surxondaryo viloyati IIB Yuridik ta’minlash bo‘limi yetakchi yuriskonsulti M.Shoymardonov, viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Axborot xizmati boshlig‘i E.Abrayevlar qatnashishdi.
Tadbirni ochib berish uchun so‘zni Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari B.N.Shoymardonov olib, Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlarni yaxshilash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qilingan ma’ruzalarida Respublikamizda yo‘l transport hodisalarining ko‘payib ketishi fuqarolarning o‘limiga, nogiron bo‘lib qolishiga sabab bo‘layotganligini, buni oldini olish uchun qator qarorlar va boshqa normativ huquqiy hujjatlar qabul qilinayotganligi haqida o‘z fikr mulohazalarini bildirib, ushbu mavzuda batafsil ma’lumot berish uchun so‘zni Surxondaryo viloyati IIB Yuridik ta’minlash bo‘limi yetakchi yuriskonsulti M.Shoymardonovga berdi.
So‘zga chiqqan ma’ruzachi bugungi kunda Viloyat IIB xodimlari tomonidan Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash uchun olib borilayotgan ishlar, mazkur yo‘nalishda qabul qilinayotgan qarorlarning mazmun mohiyati haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tdi.
Shundan so‘ng, Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati boshlig‘i leytenant E.Abrayev so‘zga chiqib, Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXBda amalga oshirilayotgan ishlar hususida, bunga asos bo‘ladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 4 aprel kunidagi PQ-190-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 12 aprel kunidagi 172-sonli qarorlari mazmun mohiyati bilan tanishtirib, yo‘llarda harakatlanish havfsizligi qoidalariga kiritilgan o‘zgartirishlar, O‘zbekiston Respublikasi MJtKga kiritilgan o‘zgartirishlar va bunda yo‘l harakati ishtirokchilarining majburiyatlari, xususan piyodalarning harakati, tungi vaqtlarda yorug‘likni qaytaradigan “nimchalar” kiyib yurish amaliyoti joriy qilinayotganligini, haydovchilik guvohnomalarini olish uchun o‘qish va imtihon topshirish talablari kuchaytirilganligi, bularning barchasi fuqarolarimizning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash, xavfsizligini ta’minlash uchun qilinayotgan sa’y harakatlari ekanligi haqida keng tushunchalar berish barobarida, Yuridik fakultet talabalari ham ushbu amaliy ishga o‘z hissalarini qo‘shishlari, aholiga ushbu qonun, qaror va talablarni yetkazish, har birimiz ushbu talablarga to‘liq rioya qilgan holdagina ijobiy natijalarga erishish mumkinligini ta’kidladi.
Mazkur o‘tkazilgan targ‘ibot tadbiri orqali talaba yoshlar bu sohada amaliyotda bajarishi lozim bo‘lgan jarayonlar va ko‘nikmalarni o‘zlashtirgan holda hozirgi kunda qabul qilinayotgan qonunlarni amaliyotda qo‘llashda soha xodimlari duch kelayotgan muammolarni qay darajada hal etishayotganligiga qiziqishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va soha xodimlari tomonidan misollar orqali javoblar qaytarildi.
Bundan keyin ham Yuridik fakultet talabalari hamda viloyat IIB YHXB hodimlari ishtirokida shu kabi ko‘plab mavzularda davra suhbatlarini o‘tkazib borish yuzasidan rejalar belgilab olindi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech