Qumqo‘rg‘onlik fuqarolarning murojaatlari sayyor qabulda o‘rganildi
Joriy yilning 3 avgust kuni Qumqo‘rg‘on tumanidagi Yangi shahar mahallasida Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Shodiev hamda Qumqo‘rg‘on tuman IIB boshlig‘i N.Narzullaevlar ishtirokida aholi murojaatlarini o‘rganish va ijobiy yechim topish uchun sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabulda “Yangi shahar” maxallasida yashovchi fuqarolar hamda mutasadi tashkilotlar ishtirok etib, 24 nafar fuqarolarning turli masalalardagi murojaatlari qayd etildi. Ushbu fuqarolardan 14 nafarining murojaatlari joyida ijobiy hal etilib, qolgan 10 nafar fuqarolarning murojaatlari tegishliligi bo‘yicha tashkilotlarga yo‘llandi.
Shuningdek, sayyor qabul davomida uzoq yillardan buyon Qumqo‘rg‘on tumanida istiqomat qilib kelayotgan 4 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinganligi uchun ularga ID kartasi tanatanali ravishda topshirildi.