Qumqo‘rg‘onda “Ma’naviyat oyligi” davomida, urush faxriysi xolidan xabar olindi
2023-yil 5-may kuni Qumqo‘rg‘on tuman Ichki ishlar bo‘limi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat Qumqo‘rg‘on tuman bo‘linmasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2023-yil 11-aprel kunidagi Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish oliy – burchimiz” shiori ostida “Ma’naviyat oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risida hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining 2023-yil 29-aprel kunidagi tegishli farmoyishlari ijrosini ta’minlash maqsadida, Qumqo‘rg‘on tumanining "Munchoqtepa" mahallasida istiqomat qiluvchi II-jahon urushi qatnashchisi Musaev Hayit boboning xonadonida bo‘lib, nuroniyning xolidan xabar olindi.
Ushbu uchrashuvda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat Qumqo‘rg‘on tuman bo‘linmasi rahbari Sh.Mamadiev, Qumqo‘rg‘on tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, kapitan H.Pardaev hamda tuman Ichki ishlar tizimida samarali va fidoiylik bilan xizmat qilayotgan ofitserlar qatnashib, urush faxriysi bilan dildan suhbat qurishdi.