5 May 2023 yil 356

Qumqo‘rg‘onda “Ma’naviyat oyligi” davomida, shoir va ijodkor bilan uchrashuv tashkil etildi

2023 yil 4 may kuni Qumqo‘rg‘on tuman Ichki ishlar bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 dekabr kunidagi "2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 781-son Qarori, Ichki ishlar vazirining 2023 yil 11 aprel kunidagi Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish oliy – burchimiz!” shiori ostida “Ma’naviyat oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risida hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining 2023 yil 29 aprel kunidagi 39-son Farmoyishlari ijrosini ta’minlash maqsadida, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat Qumqo‘rg‘on tuman bo‘linmasi bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy, ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

Ushbu tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat Qumqo‘rg‘on tuman bo‘linmasi rahbari Sh.Mamadiev, O‘zbekiston Yozuvchilar va Jurnalistlar ijodiy uyushmasi a’zosi, "Janub posboni" gazetasi bosh muharriri, shoir J.Anarov, Qumqo‘rg‘on tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, kapitan H.Pardaev hamda tuman Ichki ishlar bo‘limi shaxsiy tarkibi ishtirok etishdi.

Tadbirda shoirning qalamiga mansub she’riy asarlar tinglanib, ijodkorning hayot va ijod yo‘li haqida ma’lumotlar berildi.

Text to speech