20 Yanvar 2023 yil 417

Qumqo‘rg‘onda bezorilik qilgan shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi

Qumqo‘rg‘on tumanida 2023 yil 16 yanvar kuni tuman IIB huzuridagi Tergov guruhining xabariga ko‘ra, 6 yanvar kuni Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi, R.Rustam (ism shariflar o‘zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni soat 11-30 larda, Qumqo‘rg‘on tumani “Beshqahramon” mahallasida joylashgan savdo majmua yonida, Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi, J.Javohir o‘zaro kelishmovchilik oqibatida qo‘li bilan yuziga urib tan jarohati yetkazganligini ma’lum qilgan. R.Rustamning olgan tan jarohati Sudga oid tibbiy ekspertizaning xulosasiga ko‘ra “sog‘lig‘ining buzilishiga sababchi bo‘lgan yengil” tan jarohati deb baholangan. 16 yanvar kuni J.Javohirga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech