22 Aprel 2022 yil
389
Qumqo‘rg‘onda, avtomobil yo‘lovchisining yonidan giyohvand modda borligi aniqlandi
Qumqo‘rg‘on tumanida 2022 yil 5 aprel kuni soat 18:10 larda, tumanning “Surxon sohili” mahallasi hududida xizmat olib borayotgan viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan Denov tumanida yashovchi, G.Mo‘min (ism shariflar o‘zgartirilgan) boshqaruvidagi Vaz 2106 rusumli avtomashinasi to‘xtatilib, hujjatlarini tekshirish vaqtida, avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan Denov tumanida yashovchi, 1995 y.t. T.Qobilning yonidan 7 (yetti) dona spichki yozuvli gugurt qutilarga joylangan sof vazni 32.51 gramm bo‘lgan “marixuana” giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda hujjatlashtirib olingan. 11 aprel kuni T.Qobilga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati