7 Noyabr 2022 yil 549

Qumqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda giyohvand moddasi savdosiga chek qo‘yildi

Qumqo‘rg‘on tumanida 2022 yil 29 oktabr kuni tuman IIB huzuridagi Tergov guruhidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, 28 oktabr kuni viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi va tuman IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari hamkorligida tumanning “Beshqaxramon” mahallasi hududida o‘tkazilgan tadbir davomida, shu tumanda yashovchi, V.Sherali (ism shariflar o‘zgartirilgan) mijozga 150.000 (bir yuz ellik ming) so‘mga sof og‘irligi 0.40 gramm bo‘lgan “gashish” giyohvandlik moddasini sotgan vaqtida ushlangan. 29 oktabr kuni V.Sheraliga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech