25 Yanvar 2023 yil 311

Qumqo‘rg‘on tumanida oziq-ovqat xavfsizligi o‘rganildi

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani hududida faoliyat olib borayotgan “Oziq-ovqat” bozorlarida, savdo shaxobchalarida narx navolarni sababsiz sun’iy ravishda oshib ketishining oldini olish, sifatli mahsulotlar sotilishini nazoratga olish maqsadida, viloyat IIB JXX HPB boshlig‘i mayor A.A.Xudoyberdiev tomonidan tekshiruvlar o‘tkazilib, savdo sotiq bilan shug‘ullanuvchi savdogarlar bilan tushuntirish targ‘ibot ishlari olib borildi. Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida oziq-ovqat maxsulotlari yarmarkasini tashkillashtirib, fuqarolarning anomal sovuq sharoitdan betalofat chiqishi, yashash sharoitini yaxshilash bo‘yicha tegishli tashkilot mas’ullariga ko‘rsatmalar ham berildi.

Text to speech