Qumqo‘rg‘on tumani IIBda Qaror mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 30 yanvar kuni Qumqo‘rg‘on tuman Ichki ishlar bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-10-sonli Qarori bilan bo‘lim serjant va ofitserlariga targ‘ibot ishlari olib borildi.
Ushbu targ‘ibot ishida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qumqo‘rg‘on tuman bo‘linmasi rahbari Sh.Mamadiev, tuman hokimining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sh.Bobonazarov, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, kapitan H.Pardaev hamda tuman Ichki ishlar tizimida samarali va fidoiylik bilan xizmat qilayotgan ofitser va serjantlar qatnashdilar.
Shundan so‘ng tadbir so‘ngida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qumqo‘rg‘on tuman bo‘linmasi rahbari tomonidan tuman Ichki ishlar bo‘limi Ma’naviyat va ma’rifat xonasida tashkil etilgan kutubxona uchun badiiy kitoblar sovg‘a qilindi.