Qumqo‘rg‘on tumani IIBda yangi “Kutubxona” foydalanishga topshirildi
2023-yil 14-iyul kuni Qumqo‘rg‘on tumani Ichki ishlar bo‘limi binosida yangi tashkil etilgan “Kutubxona”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qumqo‘rg‘on tuman Ichki ishlar bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5050-sonli Qarori ijrosi yuzasidan Qumqo‘rg‘on tuman Ichki ishlar bo‘limi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxodaryo viloyat Qumqo‘rg‘on tuman bo‘linmasi bilan hamkorlikda “Kitob inson ma’naviyatining in’ikosi" nomi ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Qumqo‘rg‘on tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik O.Jiyanov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxodaryo viloyat Qumqo‘rg‘on tuman bo‘linmasi rahbari Sh.Mamadiev, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari, mayor H.Pardaev hamda Qumqo‘rg‘on tuman Ichki ishlar bo‘limining ofitser xodimlari ishtirok etdi.
Bugungi kunda ushbu ziyo maskanida 500 dan ortiq o‘zbek va jahon adabiyotining eng sara kitoblari joy olgan bo‘lib, har bir xodim o‘z xizmat vazifasi bilan birgalikda kitoblar mutoaala qilishga mehr qo‘yishlari bilan o‘zlarining dunyoqarashlarini yanada boyitishga xizmat qiladi.
Zero, "Kitobsiz - yuksak ma’naviyatga va taraqqiyotga erishib bo‘lmaydi".