20 Aprel 2022 yil 339

Qumqo‘rg‘on tumani ichki ishlar organlari xodimlari “Ma’naviyat oyligi” davomida ham ziyorat ham sayohat qilishdi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2022 yil 25 mart kunidagi farmoyishiga asosan 2022 yilning 2 aprel kunidan 2 may kuniga qadar “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish–oliy burchimiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat oyligi”da Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan ham bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
O‘tkazilayotgan “Ma’naviyat oyligi” davomida, tuman IIB xodimlari Termiz tumani hududida joylashgan Al-Hakim at-Termiziy hamda Sherobod tumanida joylashgan Abu Iso Muhammad at-Termiziy ziyoratgohlarida bo‘lishib, buyuk zotlarning haqlariga duolar qilishib, ularning hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishishdi.
Qilingan ziyorat ortidagi sayohat davomida, Al-Hakim at-Termiziy ziyoratgohida qad rostlagan muzeydagi qadimiy eksponatlar bilan ham yaqindan tanishib, buyuk o‘tmishimiz haqida bir olam taassurotlar orqali bilimlarga ega bo‘lishdi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech