29 Noyabr 2023 yil 1076

Qumo‘rg‘on tumanida “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik” tadbiriga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi

Birlashgan millatlar tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan “25 noyabr - Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni” e’lon qilingan.

2023 yilning 25 noyabr kunidan 10 dekabr kunigacha “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik” turkum tadbirlarini tashkil etish maqsadida Qumqo‘rg‘on tumanida ham bir qator tadbirlar o‘tkazilmoqda. Aholi o‘rtasida xotin-qizlar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan tumanning “Bog‘aro” mahallasida joylashgan 70-sonli maktabda davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Ushbu davra suhbatida tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor leytenant M.Eshmurodova, mahalla xotin-qizlar faoli B.Qodirova, maktabning ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari X.Raxmonova hamda maktab Xotin-qizlar raisi N.G‘apporovalar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Shuningdek tadbir davomida o‘quvchi qizlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, erta nikohga chek qo‘yish bo‘yicha zarur tushunchalar berib o‘tildi.

Davra suhbati yakunida maktab binosiga ishonch telefonlari yopishtirilib, yig‘ilganlarga mavzuga oid bukletlar tarqatildi.

Text to speech