1 Avgust 2024 yil 326

Qumqo‘rg‘on tumanida “Turmush” keng qamrovli profilaktik tadbiri doirasida Sayyor qabul tashkil etildi.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda mahallalar darajasida aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va samarali yechimini topish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda huquqiy taraflama qo‘llab-quvvatlashning  manzilli tizimlari ishlab chiqilgan bo‘lib, bu orqali fuqarolar yashash sharoitlarini yanada yaxshilash maqsad qilingan.

Joriy yilning 10-iyul kunidan 10-avgust kuniga qadar viloyatimizda  “Nizolashayotgan oilalarning muammolarini o‘rganish” maqsadida sayyor qabullar tashkil etib kelinmoqda.

Ana shunday qabullardan biri viloyatimizning Qumqo‘rg‘on tumanida tashkil etildi. Sayyor qabul avvalida, viloyat hokimi o‘rinbosari, oila va xotin qizlar boshqarmasi boshlig‘i Z.Xidirova va viloyat IIB xotin qizlar bo‘limi boshlig‘i

podpolkovnik O‘.Eshimovalar ishtirok etib, tumanning kriminogen holatlari haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.

Sayyor qabul davomida, tumanda istiqomat qiluvchi notinch-nizoli ajrim yoqasidagi hamda shar’iy nikohdagi oilalar o‘rganilib, ular bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, muammolarini ijobiy tomonga hal qilish choralari ko‘rildi.

Sayyor qabul so‘ngida, yig‘ilganlarga  mahalla xotin-qizlar faollari va patronaj hamshiralar ishtirokida, onalik va bolalikni himoya qilish, oilalardagi xotin-qizlarning reproduktiv salomatligini qayta tiklash borasida tegishli yo‘riqnoma va ko‘rsatmalar berildi.

Text to speech