Qumqo‘rg‘on tumanida sportning voleybol turi bo‘yicha, “Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Sportning voleybol turi bo‘yicha tuman-shaharlardagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tahsil olayotgan 5-6-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Surxondaryo viloyati “Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i kubogi” musobaqasini o‘tkazish to‘g‘risidagi 2025 yil 7 oktabr kunidagi O‘zbekiston Voleybol federatsiyasi Surxondaryo viloyat bo‘limi, Surxondaryo viloyati Sport boshqarmasi hamda Surxondaryo viloyati Maktab va maktabgacha ta’lim boshqarmasi qo‘shma Nizomiga asosan Qumqo‘rg‘on tumanida “Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i kubogi” uchun voleybol musobaqasi o‘tkazildi.
Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush
tarzini targ‘ib qilish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida
o‘tkazilayotgan “Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i kubogi” musobaqasiga start berildi.
Musobaqa doirasida 10 ta jamoadan
iborat umumta’lim maktablarining 5-6-sinf o‘quvchilari (qiz bolalar) sportning voleybol
turi bo‘yicha tuman bosqichida o‘zaro kuch sinashdi. Bellashuvlar jamoaviy do‘stlik
muhitida o‘tkazildi. Musobaqa yakuniga ko‘ra 3-o‘rinni tumanning 54-umumta’lim maktabi,
2-o‘rinni 19-maktab jamoalari egallagan bo‘lsa faxrli 1-o‘rinni 21-maktab jamoasi
mutloq ustunlik bilan qo‘lga kiritdi.
G‘olib jamoalarga Qumqo‘rg‘on tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Muxiddin Amonto‘raev tomonidan medal, diplom va esdalik sovg‘alari hamda ko‘chma kubok tantanali ravishda topshirildi.