17 Oktyabr 2025 yil
79
Qumqo‘rg‘on tumanida Qo‘riqlash bo‘limi xodimlari va ularning ota-onalari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Qumqo‘rg‘on tumanida Qo‘riqlash bo‘limi xodimlari hamda ularning ota-onalari ishtirokida tashkil etilgan davra suhbatida hududlarda uchrayotgan korrupsion holatlar, unga qarshi murosasiz kurashish, shaxsiy tarkib o‘rtasida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarning oldini olish masalalari atroflicha muhokama etildi. Har qanday jinoyatga jazo muqarrar ekanligi, barcha xodimlar xushyor va ogoh bo‘lishi lozimiligi ta’kidlandi. Uchrashuv davomida yig‘ilganlarga "Korrupsiya va giyohvandlikning salbiy oqibatlari" haqida videorolik namoyish etildi.