23 Iyul 2025 yil 416

Qumqo‘rg‘on tumanida Probatsiya nazoratidagi shaxslarga “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish Qumqo‘rg‘on tuman bo‘limi hamda Qumqo‘rg‘on tuman Ichki ishlar bo‘limi Probatsiya guruhi hamkorligida ishsiz fuqarolar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Ushbu yarmarka, avvalo, kambag‘allikni qisqartirish va Probatsiya nazoratidagi shaxslarning bandligini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Shuningdek, mehnat yarmarka doirasida ishtirokchilarga o‘zlarini qiziqtirgan ish o‘rinlari haqida batafsil ma’lumot berilib, ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbat o‘tkazildi hamda 5 nafar fuqarolarga doimiy ishga joylashishi uchun yo‘llanmalar berildi.

Text to speech