20 Iyul 2025 yil
442
Qumqo‘rg‘on tumanida Probatsiya nazoratidagi shaxslar uchun “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish Qumqo‘rg‘on tuman bo‘limi hamda Qumqo‘rg‘on tuman Ichki ishlar bo‘limi Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi hamkorligida ishsiz fuqarolar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.
Ushbu yarmarka, avvalo, kambag‘allikni qisqartirish va
probatsiya nazoratidagi shaxslarning bandligini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
Tashkil etilgan mehnat yarmarka doirasida ishtirokchilarga o‘zlarini qiziqtirgan ish o‘rinlari haqida batafsil ma’lumotlar berilib, ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbat o‘tkazildi hamda 5 nafar fuqarolarga doimiy ishga joylashishi uchun yo‘llanmalar berildi.