31 May 2024 yil 479

Qumqo‘rg‘on tumanida otaliqqa olingan yoshlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi 2024 yil 21 fevraldagi PF-37-son Farmoni va Ichki ishlar vazirining 2024 yil 9 maydagi hamda viloyat IIB boshlig‘ining 2024 yil 15 maydagi tegishli Farmoyishlari ijrosi yuzasidan, Qumqo‘rg‘on tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik O.Jiyanov, tuman Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda 3-sektor hududida Otaliqqa olingan yoshlar o‘rtasida “Xavfsiz hayot uchun birlashaylik!” shiori ostida yoshlarning jamiyatda munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashish va Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida “Zakovat”  intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Murosasiz kechgan o‘yin yakuniga ko‘ra faxrli 1 o‘rinni “Yuristlar”  jamoasi, 2-o‘rinni “Adolat” jamoasi, 3-o‘rinni “Femida” jamoasi qo‘lga kiritdi. 

G‘olib jamoalarga diplom va esdalik sovg‘alari hamda kitoblar jamlanmasi Qumqo‘rg‘on tumani IIB boshlig‘ining Ma’naviy- ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari mayor X.Pardaev tomonidan  topshirildi.

Text to speech