16 Iyul 2024 yil 424

Qumqo‘rg‘on tumanida oilalar ajrimlarini kamaytirish maqsadiga qaratilgan seminar tashkil etildi.

Qumqo‘rg‘on tumani hokimiyatida ajrimlar sonini kamaytirish maqsadida tumandagi maktab ma’naviyatchilari, maktab psixologlari, oqila ayollar harakati, tuman imomi,  otinoyilari, tumananlararo fuqarolik sudyasi hamda boshqa hamkor tashkilotlarning ayol xodimalari bilan hamkorlikda seminar tashkil etildi. Seminarda 31 ta ishchi guruhi tuzilib, ular tumandagi 61 ta mahallalarga biriktirildi va o‘rganishi lozim bo‘lgan xonadonlar ro‘yhatlari shakllantirildi

Dastavval yig‘ilganlarga tuman hokimiyati binosida seminar tashkil etilib, tumanning kriminogen holati haqida so‘z yuritild. Tadbirga viloyat hokimi o‘rinbosari-oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Zulxumor Xidirova hamda viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik O‘roltosh Eshimovalar o‘zlarining vakolat doirasida yig‘ilish qatnashchilariga ma’lumotlar berishdi.

Ishchi guruh a’zolari o‘zlariga  biriktirilgan mahallalarga yuborilib, ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar to‘planib, oilalarning muammolarini o‘rganish hamda ularni bartaraf etish choralari ko‘rildi.

Shundan so‘ng masu’llar tumanning Bog‘aro, Azlarsoy va Yangishahar mahalalarida yashovchi notinch, nizoli, ajrim yoqasidagi hamda shar’iy nikoh asosidagi oilalarni o‘rganib muammolarini ijobiy hal qilish maqsadida har biri bilan alohida profilaktik suhbat o‘tkazildi.

Text to speech