7 Aprel 2024 yil 566

Qumqo‘rg‘on tumanida "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida "Mahalla ettiligi"ga o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.

Qumqo‘rg‘on tuman hokimligining majlislar zalida "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida "Mahalla yettiligi" ish faoliyatini sifat jihatidan to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish maqsadida o‘quv seminari tashkil etildi. Ushbu seminarda mahallalarda ijtimoiy profilaktikani amalga oshirish bo‘yicha yo‘riqnomaga muvofiq mahallalarda jamoat xavfsizligini ta’minlash, ichki ishlar organi tayanch punkti (huquq-tartibot maskani) profilaktika (katta) inspektori, mahalla raisi, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi, mahalladagi xotin-qizlar faoli va mahalladagi yoshlar yetakchisining huquqbuzarlik sodir etish va huquqbuzarlikdan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy profilaktika choralarini qo‘llash yuzasidan kunlik yakka tartibda manzilli ishlash tartibi asosida viloyat IIB va mas’ul tashkilotlar tomonidan tushuntirishlar berildi.

Text to speech