23 Sentyabr 2024 yil
185
Qumqo‘rg‘on tumanida “Barqaror turmush” profilaktik tadbiri doirasida, targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Joriy yilning 5 sentabr kunidan 5 oktabr kuniga qadar Respublika miqyosida
keng qamrovli “Barqaror turmush” profilaktik tadbiri o‘tkazilmoqda.
Ushbu tadbirida, Qumqo‘rg‘on tumanida Oila-turmush munosabatlari doirasida
ayollar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, ularning
muammolarini o‘rganish hamda bartaraf etish yuzasidan profilaktik ishlar amalga
oshirilmoqda.
Shuningdek, tadbir doirasida sha’riy nikoh asosida yashab
kelayotgan, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar, sog‘liqni saqlash
hisobida turgan ayollar bilan manzilli profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish
borasidagi ishlar ham Qumqo‘rg‘on tuman IIB va tuman hokimligi bilan hamkorlikda
olib borish yo‘lga qo‘yilgan.