15 Dekabr 2023 yil
620
Qumqo‘rg‘on tumanida Afv etilganlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Xabaringiz bor O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 8 dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
qabul qilinganligining 31 yilligi bayrami munosabati bilan “Ozodlikdan mahrum etish
jazosini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga
o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan kechirimlilik
prinsipi qo‘llanilgan.
Shulardan 3 nafari
qumqo‘rg‘onlik fuqarolardir. Qumqo‘rg‘on tuman hokimligida tuman hokimi Anvar Normamatov
va tuman IIB boshlig‘i Odil Jiyanov tomonidan Probatsiya nazoratida turgan shaxslar
bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Muloqot davomida ularni jamiyatga moslashtirish, foydali
mehnat bilan band qilish choralari ko‘rildi.