22 Aprel 2024 yil 507

Qumqo‘rg‘on tumani IIBda “Korrupsiyaga qarshi kurashish hamda korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Joriy yilning 22 aprel kuni Qumqo‘rg‘on tumani IIBda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2022-yil 3-mart kunidagi “Ichki ishlar organlarida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish hamda korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash, Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ushbu illatga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligining 2024 yil 15 apreldagi tegishli farmoyishi ijrosini ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida rahbar xodimlarning mas’uliyati va javobgarligini yanada oshirish maqsadiga qaratilgan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida 2024-yil aprel oyining uchinchi o‘n kunligi Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida “Korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb 10 kunligi” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan Qumqo‘rg‘on tumani Ichki ishlar bo‘limining barcha shaxsiy tarkibi tomonidan ushbu oylik doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar hususida so‘z yuritilib, “Korrupsiyaga qarshi kurashish hamda korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish” mavzusida Qumqo‘rg‘on tuman Prokuraturasi mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda tushuntirish ishlari ham olib borildi.

Text to speech