10 Iyun 2024 yil 405

Qumqo‘rg‘on tumani IIBda “Intizom oyligi” doirasida bir qator amaliy ishlar olib borilishi yo‘lga qo‘yilgan

Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish, shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, kelgusida xodimlar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan qonun buzilish holatlarini aniqlash va barvaqt oldini olish maqsadida, Qumqo‘rg‘on tumani Ichki ishlar bo‘limida Qumqo‘rg‘on tuman IIB rahbariyati bilan “Intizom oyligi” doirasida uchrashuv tashkil etildi.

“Intizom oyligi” davomida Qumqo‘rg‘on tumani IIB xodimlar uchun tarixiy obidalar, kutubxonalar va boshqa bir qator madaniy meros obe’ktlariga sayyohatlar tashkil etilishi, turli sport musobaqalarini o‘tkazish bilan birgalikda ularni bilim saviyasini oshirishga maqsadida bilimlilar bellashuvlari, turli ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan.

O‘tkazilayotgan bu ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ichki ishlar organlari xodimlarini o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lishiga xizmat qiladi.

Shu bilan birga xodimlarning kasbiy malakalarini oshirish, qonunchilik va xizmat intizomiga rioya etish, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida qonuniy tartibda hal etish, xodimlarning yurish turishi, formali kiyim-bosh kiyishi, avtotransport vositalarining me’yoriy hujjatlarining mavjudligi va boshqa bir qator talablar o‘rganilmoqda.

Text to speech