Qumqo‘rg‘on tumani IIBda 14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan sportning shaxmat turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” hamda "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining o‘ttiz uch yilligi" munosabati bilan davlatimiz sarhadlarini ishonchli himoya qilinishi, jamoat xavfsizligi va tartibini saqlash, qonuniylik hamda huquq-tartibotni mustahkamlash borasida mas’uliyat va sharaf bilan xizmat qilib kelayotgan Qumqo‘rg‘on tumani IIB sohaviy xizmat xodimari o‘rtasida sportning shaxmat turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
O‘tkazilgan
musobaqa yakuniga ko‘ra, 1-o‘rinni Qumqo‘rg‘on tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati
Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi profilaktika inspektori katta leytenant
Yokubbek Sattarov, 2-o‘rinni Qumqo‘rg‘on tumani IIB 1-son IIB Jamoat xavfsizligi
xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi profilaktika inspektori katta leytenant
Rustam Ashurov, 3-o‘rinni Qumqo‘rg‘on tumani IIB 1-son IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi
guruhi profilaktika katta inspektori katta leytenant Nodirbek Ashurovlar qo‘lga
kiritdi.
G‘oliblikni qo‘lga kiritgan xodimlar mutasaddilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi.