Qumqo‘rg‘on tumani Ichki ishlar bo‘limida xodimlar tomonidan 6 oy davomida amalga oshirilgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Qumqo‘rg‘on tumani IIBda 6 oy davomida operativ xizmat faoliyatida, shuningdek
jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda
boshqa soha yo‘nalishi bo‘yicha erishilgan yutuqlari, yo‘l qo‘yilgan hato kamchiliklar
yuzasidan Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B.R.Inoqov
hamda tuman IIB boshlig‘i O.S.Jiyanovlar huzurida tezkor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish avvalida, Qumqo‘rg‘on tumanida joriy yilning 6 oyi davomida sodir
etilgan jinoyatlar, erishilgan yutuqlar yuzasidan tuman IIB boshlig‘ining birinchi
o‘rinbosari A.X.Alilovning axboroti tinglandi.
Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B.R.Inoqov,
tomonidan keltirilgan axborotda ish ko‘rsatkichi past bo‘lgan IIO xodimlarining
xizmat faoliyati tanqidiy tahlil qilinib, 2024 yilning 9 oyiga qadar ish faoliyatini
yaxshilash bo‘yicha, har bir ichki ishlar organlari xodimlariga ogohlantirishlar
berildi.
Yig‘ilish
yakunida xodimlarga qonuniylika rioya qilish, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida
qonuniy ijrosini ta’minlash, korrupsion holatlarni sodir etmaslik va ularning oldini
olish hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish yuzasidan qo‘shimcha tartibda tushuntirish
ishlari olib borildi.