15 Yanvar 2024 yil
1000
Yuqumli kasalliklarni oldini olish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Surxondaryo viloyati IIB JXX JTSB karantin tadbirlarini
ta’minlash bo‘linmasi xodimlari va viloyat veternariya va chorvachilikni rivojlantirish
boshqarmasi xodimlari tomonidan zooantroponoz o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarni
oldini olish bo‘yicha 2023 yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yig‘ilish
o‘tkazildi. Unda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar hamda 2024 yilda zooantroponoz
o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarni oldini olish bo‘yicha epizootik–epidemik vaziyatdan
kelib chiqqan holda, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan profilaktik chora–tadbirlar
rejasi, joriy yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan fikrlar bildirildi.