3 Yanvar 2023 yil 375

Ulug‘bek Qosimov viloyat Shtabining bir kunik faoliyatini tahlil qildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bugungi ish kunini Ichki ishlar boshqarmasida tashkil etilgan viloyat navbatchilik shtabi faoliyati bilan tanishishdan boshladi. Bu yerda aholi tomonidan elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi, ko‘mir yoqilg‘isi va boshqa masalalar yuzasidan aholining murojaatlarini qabul qilish va ularni bartaraf etish bo‘yicha 24 soat davomida ko‘rilgan choralar tahlil qilindi.

Shuningdek, viloyat rahbari Termiz shahri va tumanlar shtabiga biriktirilgan viloyat hokimligi, boshqarma va tashkilotlar rahbarlarining biriktirilgan hudud bo‘yicha hisobotlarini qabul qildi.

Viloyat, shahar va tumanlar shtabida doimiy, 24 soat davomida murojaatlarni qabul qiluvchi navbatchilik shtablari to‘liq ish faoliyatida bo‘lishi, kelib tushgan murojaatlarni tezkorlik bilan o‘rganib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish choralari ko‘rilishi lozimligi va bu boradagi ishlar har kuni, har soatda viloyat rahbarining nazoratida bo‘lishi ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, ob-havoning keskin o‘zgarishi tufayli kommunal sohalarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida Surxondaryo viloyati hamda shahar va tumanlar hokimliklarida uzluksiz navbatchilik shtablari tashkil etilgan bo‘lib, ushbu shtablarda murojaatlarni 24 soat qabul qiluvchi telefon raqamlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Text to speech