14 Iyul 2022 yil 451

O‘qishga kiritishni va’da qilgan firibgarga jinoyat ishi ochildi

Sho‘rchi tumanida 2022 yil 06 iyul kuni, tumanning “Yoshg‘ayrat” mahallasida yashovchi, U.O‘ktam tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2021 yil 24 avgust kuni tumanning “Do‘stlik” mahallasida yashovchi, Sh.Shodmon Qozog‘iston Respublikasi “Muxtor Avezov” nomidagi Universitetga o‘qishga kirgizishni va’da qilib, undan 1000 (bir ming) AQSh dollari pullarini olib, uni o‘qishga kiritmasdan aldab, pullarni qaytarmasdan o‘zining ehtiyojlariga ishlatib yuborganligini ma’lum qilgan. 06 iyul kuni Sh.Shodmonga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech