8 Avgust 2022 yil 401

O‘g‘irlangan televizor tez fursatlarda egasiga qaytarildi

Qiziriq tumanida 2022 yil 20 iyul kuni tumanning “Rabotak” mahallasida yashovchi, R.Nuriya (ism shariflar o‘zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 20 iyul kuni soat 08:30 dan soat 11:30 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, noma’lum shaxs yashash uyi oshxonasida turgan 1.200.000 (bir million ikki yuz ming) so‘mlik televizorini o‘g‘irlab ketganligini bildirgan. Mazkur jinoyat ishi yuzasidan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar hamda shaxsni portret va daktiloskopik identifikatsiya qilish guruhida mavjud bo‘lgan avtomatlashtirilgan taqqoslash tizimi bazalari yordamida tekshirilganida, ushbu o‘g‘irlikni Sherobod tumanida yashovchi, H.Ravshan sodir etganligi aniqlangan. 25 iyul kuni H.Ravshanga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech