29 Iyul 2022 yil 391

O‘g‘irlangan telefon egasiga qaytarildi

Termiz shahrida 2022 yil 7 iyul kuni shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limining xabariga ko‘ra, Termiz tumanida yashovchi, B.Oynaxol (ism shariflar o‘zgartirilgan) o‘zining arizasida, 1 iyul kuni soat 16:30 larda, Termiz shahrida joylashgan do‘konining rastasida turgan, 1.700.000 (bir million yetti yuz ming) so‘mlik “Samsung-A10” rusumli telefonini noma’lum shaxs o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu o‘g‘irlik jinoyatini Muzrabod tumanida yashovchi, D.Dilbar sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 7 iyul kuni D.Dilbarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech