Hushyorlik davr talabi
Vazirlar Mahkamasining “Jamoat xavfsizligini ta’minlash va huquqbuzarliklarning
oldini olishda davlat organlari va tashkilotlari idoraviy qorovullik bo‘linmalarining
faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 598-son Qarorini
ijrosini ta’minlash maqsadida, Sherabod tuman IIB boshlig‘i podpolkovnik O‘.Shukurov,
tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari JXX boshlig‘i mayor S.Safarov, Tuman IIB JXX JTSG
katta inspektori serjant Sh.Abdullaev va tuman Qo‘riqlash bo‘limi Guruh komandiri
U.Ximmatovlar tomonidan tuman hududida joylashgan barcha davlat korxonalari va tashkilotlarining
qorovullari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida maktablarda shubhali shaxslar paydo bo‘lgan
taqdirda zudlik bilan tuman IIBga xabar berish, Qidiruvda bo‘lgan shaxslarni aniqlashda,
ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya bo‘linmalari faoliyatiga yaqindan yordam
ko‘rsatgan qorovullik bo‘linmalari xodimlariga pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alar
bilan moddiy rag‘batlantirish choralari qo‘llanilishi yuzasidan tavsiyalar berildi.