16 Aprel 2024 yil
399
Hududlarda "Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda 2024" konsepsiyasi ijrosini ta’minlash ishlari davom etmoqda.
Surxondaryo viloyati
IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mas’ullari
viloyatning Qiziriq tumanida bo‘lishib, tuman hududidan o‘tuvchi xalqaro va davlat
ahamiyatidagi yo‘llarning holati, yo‘l belgilari va xavfli hududlarda tashkil etilgan
chora-tadbirlarni, yo‘l o‘tkazgichlar atrofida
va maktablar yaqinidagi yo‘l infratuzilmasini ko‘rikdan o‘tkazib, aniqlangan kamchiliklarni
bartaraf etish borasida tuman mas’ullariga tegishli topshiriqlar berdi.
Shuningdek, viloyatning Sariosiyo tumanida toshqinlardan
zararlangan yo‘llarni tozalash hamda ta’mirlash ishlari olib borildi.