5 Mart 2024 yil
677
Hududlarda "Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda 2024" konsepsiyasi ijrosini ta’minlash ishlari davom etmoqda.
Kuni kecha Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi
xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i va mas’ullar viloyatning
Qumqo‘rg‘on tumanida bo‘lishib, tuman hududidan o‘tuvchi xalqaro va davlat ahamiyatidagi
yo‘llarning holati, yo‘l belgilari va xavfli hududlarda tashkil etilgan chora-tadbirlarni
hamda temir yo‘l kesishmalari, yo‘l o‘tkazgichlar atrofida va maktablarlar yaqinidagi
yo‘l infratuzilmasini ko‘rikdan o‘tkazib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish
borasida tuman mas’ullariga tegishli topshiriqlar berdi.