27 Aprel 2021 yil 550

Uddaburon firibgarga jinoyat ishi ochildi

Sho'rchi tumani 2021 yilning 6 aprel kuni, tuman IIB tergov bo'limi xabariga ko'ra, tumanning "Zavqiy" ko'chasida yashovchi, K.B. 2021 yil fevral oyida, Toshkent viloyatida yashovchi, S.E.dan unga tegishli bo'lgan Neksiya rusumli avtoulovini oldindan 950 (to'qqiz yuz ellik) AQSh dollari berib, oyiga 250 (ikki yuz ellik) AQSh dollaridan berib turishga kelishib, mazkur avtoulovni ijaraga olib, Qumqo'rg'on tumanida yashovchi, M.M.dan yo'l transport hodisasi natijasida shikastlanib yaroqsiz holda bo'lgan Neksiya rusumli, transport vositasini 2021 yil mart oyida o'zaro kelishgan holda sotib olib, B.K. ushbu Neksiya avtoulovining davlat raqamini, Kuzov va dvigatel raqamlarini E.S.dan ijaraga olgan avtoulovning davlat raqami, Kuzov va dvigatel raqamlari bilan almashtirib, S.E.ga tegishli bo'lgan Neksiya rusumli avtoulovini 11 mart kuni, Denov tumanida yashovchi, A.F.ga aldab, 50.000.000 (ellik million) so'mga sotib yuborganligi aniqlangan. 6 aprel kuni K.B.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi "a" bandi va 227-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech