2 Sentyabr 2021 yil 688

"Uch avlod" uchrashuvlari davom etmoqda

Qiziriq tumanida "uch avlod uchrashuvi" tadbirlari davom etmoqda. Kuni kecha tuman ichki ishlar bo'limida ham tashkil etilgan tadbirga uzoq yillar davomida yurt ravnaqi, tinchligi yo'lida fidokorona mehnat qilgan ichki ishlar xodimlari, o'rta avlod vakillari hamda yoshlar taklif qilindi.
Tadbir davomida keksa avlod vakillari o'zlari ishlab o'tgan davr muhiti, qiyinchiliklari, sharoitlari haqida gapirib, yangi O'zbekistonimizda ishlash, tadbirkorlik qilish, o'qish istagidagi har bir insonga yaratilayotgan imkoniyatlarga havas qilishlari, ushbu imkoniyatlar qadriga etish va ulardan unumli foydalanish zarurligi haqida gapirdilar.
Tadbir davomida xonandalar tomonidan kuylangan jo'shqin kuy-qo'shiqlar ishtirokchilar qalbiga yanada Fayz va ko'tarinkilik bag'ishladi.

Text to speech