18 Iyul 2024 yil 564

“Turmush profilaktik” tadbiri doirasida, Denov tumanida fuqarolar bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Respublikamizning barcha mahallalarini jinoyatdan holi hududga aylantirish maqsadiga qaratilgan joriy yilning 5 iyul kunidan 5 avgust kuniga qadar keng qamrovli "Turmush" profilaktik tadbiri hamda Surxondaryo viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi tashabbusi bilan “Surxondaryo tajribasi” sifatida viloyatning barcha mahallalarini jinoyatdan holi hududga aylantirish maqsad qilingan. Shu sababli Denov tumani Istiqbol mahallasida “Turmush profilaktik” tadbiri doirasida, tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori kapitan G.Elmurodova tomonidan ma’muriy va fuqarolik sudlarida nizolashayotgan oilalar bilan profilaktik suhbat o‘tkizilib, muammolari o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida taraflarga o‘zaro kelishmovchiliklarini tinch yo‘l bilan qonuniy tartibda hal etishlari yuzasidan profilaktik tushuntirish ishlari olib borilib, tegishli tartibda huquqiy tushunchalar berildi.

Text to speech