5 May 2023 yil 352

Turizm sohasini rivojlantirishda hamkorlik yanada oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvar kunidagi PQ-10-sonli Qarori ijrosini ta’minlash hamda Surxondaryo vohasining turizm salohiyatini oshirish, tashrif buyuruvchi sayyohlar oqimini yanada kupaytirish maqsadida, viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan  Termiz Davlat Universiteti Iqtisodiyot va Turizm fakulteti talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda ichki turizmni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikda amalga oshiriladigan istiqbolli loyihalar haqida so‘z yuritilib, ushbu yo‘nalishda talabalarning fikr mulohazalari tinglandi.

Uchrashuv davomida Xavfsiz turizmni ta’minlash xizmati haqida kerakli ma’lumotlar ham berib o‘tildi.

Text to speech