23 Fevral 2023 yil 187

Turizm sohasini rivojlantirishda hamkorlik yanada oshirilmoqda.

  O‘zbekiston Respublikasi     Prezidentining 2023 yil 20 yanvar kunidagi PQ-10-sonli Qarori ijrosini ta’minlash hamda Surxondaryo vohasining turizm salohiyatini oshirish, tashrif buyuruvchi sayyohlar oqimini yanada kupaytirish maqsadida, viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi rahbariyati va mas’ul xodimlari tomonidan  Termiz Davlat Universiteti Iqtisodiyot va Turizm fakulteti talabalari o‘rtasida seminar treyning o‘tkazildi.

   Yig‘ilish avvalida, Xavfsiz turizmni ta’minlash xizmatining tashkil topganidan buyon hozirgi kunga qadar amalga oshirilgan ishlari, ajratilgan moddiy-texnik ta’minoti, xodimlarning xizmat olib borish faoliyati haqida prezentatsiya tarzida tanishtirib o‘tilib, turizm sohasini rivojlantirishda hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar kelishib olindi.

    Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, turizm sohasini rivojlantirishda yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda talabalar orasidan ushbu sohaga qiziquvchi yoshlarni saralab olish va yangi ilg‘or g‘oyalar asosida yurtimiz turizm salohiyatini oshirishga katta hissa qo‘shish asosiy vazifa ekanligi belgilab olindi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech