16 May 2024 yil 436

Turizm sohasini rivojlantirish borasida hamkorlikda seminar o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvar kunidagi PQ-10-sonli Qarori ijrosini ta’minlash hamda Surxondaryo vohasining turizm salohiyatini oshirish, tashrif buyuruvchi sayyohlar oqimini yanada ko‘paytirish maqsadida, viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan Termiz Davlat Universitetining Iqtisodiyot va Turizm fakulteti talabalari o‘rtasida ichki turizmni rivojlantirish, sayyohlar oqimini yanada oshirish va tashrif buyuruvchi turistlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar borasida hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan seminar o‘tkazildi.

Mazkur o‘tkazilgan seminarda Xavfsiz turizmni ta’minlash xizmati haqida tanishtirilib, talabalar tomonidan berilgan savollariga tegishli tushuncha va ma’lumotlar berildi.

Text to speech