Turizm sohasida hamkorlik faoliyati yuzasidan Matbuot anjumani o‘tkazildi.
Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi, viloyat
turizm boshqarmasi, viloyat hududida faoliyat olib borayotgan turoperatorlar, turagentlar,
gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilik bilan
shug‘ullanuvchi mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda Termiz shahridagi “Matbuot uyi”da
matbuot anjumani o‘tkazildi.
O‘tkazilgan matbuot anjumanida, turizm va madaniy meros
ob’ektlarini muhofaza qilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, nodavlat notijorat
tashkilotlar, turizm sohasiga aloqador davlat idoralari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini
kuchaytirish, yurtimiz hududiga tashrif buyuruvchi sayyohlar oqimini yanada ko‘paytirish
bo‘yicha kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalar haqida so‘z yuritildi.