Turizm ob’ektlarida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda
Termiz tumanida joylashgan “Al-Hakim at-Termiziy” majmuasiga tashrif buyuruvchi xorijiy va mahalliy sayyohlarning xavfsizligini ta’minlash hamda viloyat hududiga sayyohlar oqimini ko‘paytirish maqsadida, majmua atrofida faoliyat yuritayotgan savdo-sotiq do‘konlarida ishlayotgan sotuvchilariga hamda ushbu yo‘nalishda kirakashlik qiluvchi taksi haydovchilariga yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishi, yo‘l kiralarini va sotuvchilarga do‘konlarida sotilayotgan buyumlar narxini asossiz, sun’iy ravishda oshirilmasliklari, mahalliy va horijiy turistlar bilan doimo xushmuomalada bo‘lish, shaxsiy narsa va buyumlariga ehtiyotkor bo‘lishlari, turistlarga nisbatan huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilgan taqdirda viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasida tashkil etilgan navbatchilik qismining +99855-452-90-34 telefon raqamiga murojaat etishlari yuzasidan tushuntirish profilaktik ishlar olib borilmoqda.
Targ‘ibot tadbiri davomida, yig‘ilganlarga qo‘shimcha ma’lumotlarga ega bo‘lishlari uchun bukletlar tarqatildi.