18 Fevral 2025 yil 505

Turizm ob’ektlarida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Viloyat hududiga tashrif buyuruvchi sayyohlar oqimini yanada ko‘paytirish va ularning xavfsizligini lozim darajada ta’minlash maqsadida, Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Termiz tumanida joylashgan “Al-Hakim at-Termiziy”, “Kokildor ota”, “Sulton Saodat” va “Qirqqiz” majmualarida o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur o‘rganishlar davomida, turizm namoyishi ob’ektlarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, qo‘shimcha qulayliklar yaratish va turizm jozibadorligini oshirish borasida tegishli mutasaddi tashkilotlar va mahalliy hokimliklarga taklif va taqdimnomalar kiritildi.

Text to speech