Turizm ob’ektlarida yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilishlari yuzasidan profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2022 yil 7 dekabr kunidagi
“Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari faoliyatini
tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi buyrug‘i talablariga asosan, Surxondaryo viloyati
IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari Termiz shahar Favqulodda vaziyatlar
bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda Turizm namoyishi ob’ektlari, “Arxeologiya muzeyi”,
“O‘lkashunoslik muzeyi” va “Sa’nat saroyi” majmualari ma’muriy binosining yong‘inga
qarshi texnik holatlari o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilishi
hamda yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilishlari yuzasidan mas’ul rahbar va
xodimlariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, uchrashuv
davomida ishchi-xizmatchilarni qiziqtirgan
savollariga tegishli ma’lumotlar berib o‘tildi.