4 Mart 2022 yil 388

Turizm namoyish ob’ektlari yong‘inga qarshi texnik holati nazorat tartibida o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2018 yil 7 sentabr kunidagi “Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi buyrug‘i asosida yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari bilan hamkorlikda tashrif ob’ektlarining yong‘in xavfsizligi talablariga javob berishi va maxsus jihozlarning soz holatdaligini o‘rganish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha yong‘in xavfsizligi boshqarmasi hamda mahalliy hokimiyat organlariga taklif va taqdimnomalar kiritish talablari qo‘yilgan.
Mazkur talablar ijrosi hamda Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi va viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan 2022 yil 26 yanvar kuni tasdiqlangan rejaga asosan, 2022 yil 26-28 fevral kunlari Termiz shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi mas’ul xodimlari bilan xamkorlikda “Sa’nat saroyi”,“Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasi va “Termiz Arxeologiya muzeyi” majmualari ma’muriy binolari yong‘inga qarshi texnik holatlari o‘rganildi.
Shuningdek, “Sa’nat saroyi”,“Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasi va “Termiz Arxeologiya muzeyi” majmualari ishchi-xizmatchilari ishtirokida uchrashuv tashkil qilinib, yong‘in xavfsizligi qoidalari bo‘yicha yo‘riqnoma berildi.
Uchrashuv davomida, ishchi-xizmatchilarni qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan tegishli ma’lumotlar berib o‘tildi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech