Turizm namoyish ob'ektlari yong'inga qarshi texnik holati nazorat tartibida o'rganildi
O'zbekiston Respublikasi IIVning 2018 yil 7 sentyabr kunidagi "ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni ta'minlash bo'linmalari faoliyatini tashkil etish tartibi to'g'risida"gi buyrug'i asosida yong'in xavfsizligi xizmati xodimlari bilan hamkorlikda tashrif ob'ektlarining yong'in xavfsizligi talablariga javob berishi va maxsus jihozlarning soz holatdaligini o'rganish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha yong'in xavfsizligi boshqarmasi hamda mahalliy xokimiyat organlariga taklif va taqdimnomalar kiritish talablari qo'yilgan.
Mazkur talablar ijrosini ta'minlash maqsadida, Surxondaryo viloyat IIB xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi va Termiz shahar Favqulodda vaziyatlar bo'limi xodimlari bilan hamkorlikda 2021 yilning 10-11 may kunlari Termiz shahridagi turizm namoyish ob'ektlari sanalgan "Termiz Arxeologiya muzeyi" va "sa'nat saroyi" majmualari ma'muriy binolari yong'inga qarshi texnik holatlari o'rganildi.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mazkur ob'ektlarning mas'ul rahbarlariga belgilangan muddatlarda bartaraf etishlari uchun muddatlar berildi.
Shuningdek, turizm ob'ektlari ishchi-xizmatchilari ishtirokida uchrashuv tashkil qilinib, yong'in xavfsizligi qoidalari bo'yicha yo'riqnoma berildi. Uchrashuv so'ngida ishchi-xizmatchilarni qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan tegishli ma'lumotlar berib o'tildi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati