28 Yanvar 2022 yil 458

Turizm imkoniyatlarini kengaytirish masalasida anjuman o'tkazildi

Termiz shahridagi "Matbuot uyi"da viloyat IIB xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi matbuot anjumani o'tkazdi. Unda hududdagi turizm yo'nalishiga aloqador barcha tashkilot mutasaddilari, gid-tarjimon, jurnalist va Blogerlar ishtirok etdi.

Unda viloyatimiz hududiga tashrif buyuruvchi sayyohlar oqimini yanada ko'paytirish masalasi o'rtaga tashlandi. Ma'lumki, shu kunlarda boshqarmaning yangi binosi qurilayapti. Bino foydalanishga topshirilgach, situasion markaziga ulatish rejalashtirilmoqda. Bu esa hududlarga o'rnatilgan kuzatuv kameralari orqali nazorat qilish, doimiy hushyorlikni oshirish imkonini beradi.

Shular xususida to'xtalib o'tilar ekan, Vazirlar Mahkamasining 669-sonli qarori asosida sayyohlarga xizmat ko'rsatish, turistlarning "E-mexmon" elektron bazasiga ro'yxatdan o'tkazish tartibi haqida ham ma'lumotlar berildi. Shuningdek, joriy yilning aprel oyida Shanhay hamkorlik tashkilotining xalqaro sammiti o'tkazilishiga tayyorgarlik ko'rish masalasida tegishli chora-tadbirlar belgilangani ta'kidlandi.

Anjuman davomida ishtirokchilarga xavfsiz turizmni ta'minlash xizmati faoliyatini aks ettiruvchi bukletlar tarqatildi.

 Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech