Tungi bezorilarga jinoyat ishi qo'zg'atildi
Termiz shahrida 2021 yil 26 may kuni soat 03.00 larda, shaharning "Manguzar" mahallasi hududidagi "Bog'ishamol" nomli tunggi klub yonida, shaharning "shifokor" mahallasida yashovchi, A.Jasur, shaharning "Yulduz" mahallasida yashovchi, Sh.Anvar, shaharning "Pattakesar" mahallasida yashovchi, N.Jaxongir, shaharning "Pattakesar" mahallasida yashovchi, M.Ziyodulla va shaharning "Pattakesar" mahallasida yashovchi, A.Jasurbeklar jamiyatda yurish turish qoidalarini mensimasdan, shaharning "Guliston" mahallasida yashovchi, N.Nodirbek, shaharning "Guliston" mahallasida yashovchilar, K.Yoqub va R.Ma'ruflar bilan hech bir sababsiz janjallashib qolib, ularni qo'li bilan duch kelgan joylariga urishib, R.Ma'ruf va N.Nodirbeklarga "engil" tan jarohati etkazishgan. 26 may kuni A.Jasur, Sh.Anvar, N.Jahongir, M.Ziyodulla va A.Jasurbeklarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati