24 Mart 2021 yil 559

Tundagi mol o'g'riligi...

Qumqo'rg'on tumanida 2021 yilning 10 mart kuni tumanning "Paxtaobod" mahallasida yashovchi, J.U. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 09 mart kunidan 10 mart kuniga o'tar kechasi noma'lum shaxs yashash uyi yonidagi molxonasidan narxi 5.000.000 (besh million) so'mlik 1 bosh qora molini o'g'irlab ketganligini ma'lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni tumanning "Umid nihollari" mahallasida yashovchi, A.S. sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. o'g'irlagan qora molni sotib, noqonuniy yo'l bilan boylik orttirmoqchi bo'lgan A.S.ga nisbatan 17 mart kuni O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismining "g" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech